Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 33-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida tuman Kengashi deputatlari faoliyati, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda 5 ta doimiy komissiya ishini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va deputatlik nazorati holati atroflicha tahlil qilindi.

📨 Deputatlar tomonidan yuborilgan 73 ta deputatlik so‘rovining 71 tasiga tegishli javob xatlari olingan, 2 tasi ijro jarayonida. Shu bilan birga, 8 ta deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yakuniy yechimini topmagani qayd etilib, ularni deputatlik nazoratida davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

📥 edo.ijro.uz elektron platformasi orqali 2026-yil davomida 111 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 110 tasi ijrosi ta’minlangan, 1 tasi esa ijro jarayonida. Murojaatlar ijrosiga oid tahliliy ma’lumotlarni to‘liq va tizimli yuritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔎 O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari talablari ijrosi, Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda Kengash, doimiy komissiyalar va kotibiyatning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Ish rejasi ijrosi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish va doimiy komissiyalar tomonidan hududlarga chiqib o‘rganishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

📉 Kengash faoliyatining jamoatchilikka yoritilishi ham o‘rganilib, 2026-yil avgust oyida 213 ta post ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani qayd etildi. Deputatlarning hududlardagi faoliyati, o‘rganish va nazorat tadbirlari hamda ularning amaliy natijalarini yanada kengroq yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

💡 Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan hududlarda o‘rganish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida nazorat qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Yakunda Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Muzaffar Yusubov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3