📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🌱 Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi hamda deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
📋 Jumladan, Yangiariq tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyberganovning 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
💧 Shuningdek, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining hisoboti ko‘rib chiqildi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.