Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 33-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan tuman Kengashining 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov saylangan Yangiobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida mahallada Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, bandligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — mahalliy Kengash deputatlarining doimiy e’tiboridagi ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 2