Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 33-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 2026-yil 12-sentabrdagi VII-32-66-11-168-K/26-sonli qarori bilan Ochiq budjetning 2026-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida tanlangan loyihalarga "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi"dan mablag' ajratish tasdiqlandi.

📌 Qaror O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5072-sonli hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan, joriy yilning 15-iyulidan 31-avgustigacha "Ochiq budjet" portalida o'tkazilgan ovoz berish natijalari bo'yicha qabul qilindi.

💰 Umumiy ko'rsatkichlar:
— Tashabbusli budjetda eng ko'p ovoz to'plagan 12 ta loyiha — 14 993,7 mln so'm
— Ovoz berishda g'olib chiqmagan, biroq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi qarori bilan qo'shimcha 17,7 mln so'm ajratilib g'olib deb topilgan 1 ta loyiha — 1 600,0 mln so'm
— Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tanlagan 2 ta loyiha — 1 780,75 mln so'm
— Jami: 15 ta loyiha, 18 374,4 mln so'm

Manzilli ro'yxat (jami 16 593,7 mln so'm)

1. Z.M.Bobur MFY, Turkiston ko'chasi — 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab devorlarini qayta qurish, hudud ta'mirlash — 1 480,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
2. Qashqar MFY — 1-son texnikumda ta'mirlash ishlari — 1 200,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
3. B.Marg'iloniy MFY — 4-sonli maktabga faollar zali qurish — 1 600,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
4. Z.M.Bobur MFY, Gumbaz ko'chasi — "Gumbaz" qabristonini obodonlashtirish va ta'mirlash — 1 600,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
5. Z.M.Bobur MFY — 29-maktabda futbol va basketbol maydonlari, yechinish xonalari qurish — 1 648,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
6. Chilonzor MFY — 13-maktabni jihozlash — 723,4 mln so'm (Marg'ilon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi)
7. Yovqochar MFY — 8-maktabga usti yopiq futbol maydoni qurish — 1 000,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
8. Orolbo'yi MFY — 32-maktabga futbol maydoni va yordamchi xonalar qurish — 1 150,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
9. Toshkesar MFY — 33-maktabga futbol maydoni qurish — 1 100,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
10. Yo'rmado'z MFY — 19-maktabni jihozlash — 592,3 mln so'm (Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi)
11. B.Marg'iloniy MFY, Hamjihat ko'chasi — 9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida qurilish-ta'mirlash — 1 600,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
12. Miltiqsoz MFY — 1-maktabga futbol va basketbol maydonlari qurish — 1 300,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)
13. Yovqochar MFY, Mustaqillik ko'chasi — 1-oilaviy poliklinika binosini qayta qurish — 1 600,0 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tanlagan loyihalar (jami 1 780,75 mln so'm)

1. Maorif MFY — 10 ta ko'chaga (Zarafshon, J.Sultonov, Binafsha, Ochiq hovuz, Chorbog', Orzu, Xafas, Mustaqillik, Lutfiy, S.Ayniy) jami 200 dona beton stolba va 3 dona TP o'rnatish — 1 500,0 mln so'm (Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ)

2. Yangi obod MFY, Istiqlol ko'chasi — 27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalar suzish havzasi va qorovulxona qurish — 280,75 mln so'm (Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati DM)

---

✅ Qarorga ko'ra, ajratilgan mablag'lardan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish talab etiladi — buyurtmachi tashkilotlar taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar bo'ladi. Loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan ma'lumotlar muntazam ravishda "Ochiq budjet" portaliga joylashtirilib, keng jamoatchilikka yoritib boriladi.

Slide 1 of 1