35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi

 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalliy Kengash faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish hamda ijro intizomiga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yoritish, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda deputatlik faoliyatini keng targ‘ib etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📍 Yakuniy tahlillarga ko‘ra, Olmazor tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda tizimli yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib "E-Kengash" platformasiga joylashtirilayotgani, deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4