Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “Keneges” OFYdagi 4-Keneges saylov okrugi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo‘l va trotuar qurilishi ishlari oldidan o‘rganish olib bordi.
🛣 O‘rganish davomida yo‘l va trotuar qurilishiga tayyorgarlik holati, hududdagi mavjud infratuzilma va qurilish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar ko‘zdan kechirildi.
🔍 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirish belgilab olindi.