Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Yangiariq tumani Shixbog'i mahallasida deputat Otamurotova Gulbaxor tomonidan yoshlar masalalarini o‘rganish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Sultonov Bahodir “Renessans TV” telekanalining “O‘zbekistonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida islohotlar” mavzusidagi ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida B.Sultonov tadbirkor va xalq vakili sifatida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda xususiy sektorni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ma’muriy tartib-taomillarning soddalashtirilishi, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda raqamli xizmatlarning keng joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Deputat o‘z nutqida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, deputat tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida ayrim muammolar hamon saqlanib qolayotganiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, gaz, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim tashkilotlar faoliyatida byurokratik yondashuv, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashmaslik hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi ortiqcha ovoragarchilik holatlari uchrab turayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida davlat xizmatlari sifati va mas’uliyatini oshirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.

Shuningdek, mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning izchil davom ettirilishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholi farovonligini yuksaltirish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Slide 1 of 2