“Jayhun” mahallasida o‘rganish: mahalla faollari ish samaradorligini oshirish — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Abramatova shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hudud faollari bilan uchrashdilar.
💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
💬 O‘rganishlar jarayonida:
🟢Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holati;
🟢Ijtimoiy daftarlariga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar;
🟢Mahalla binosida aholi uchun yaratilgan sharoitlar va hujjatlar yuritilishi tahlil qilindi.
▶️Deputatlar mahalla faollarining kundalik faoliyatini yanada jonlantirish, har bir muammoli oilaga yakka tartibda yondashish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan o‘zlarining amaliy tavsiyalarini berdilar.
💬 Xususan:
▶️Muammolarni statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish;
▶️Mahalla yettiligi bilan birgalikda tizimli ishlashni kuchaytirish;
▶️Aholi o‘rtasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬“Mahalla faoli — aholining eng yaqin ko‘makchisi va dildoshi bo‘lishi shart. Har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi, shuning uchun ishimizda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligimiz kerak,” — deya ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.