Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarovaga Andijon mahallasidan fuqaro tomonidan hududdagi beton ariqlarni ta’mirlash hamda oqova suvning uzluksiz kelishini ta’minlash masalasida murojaat qilindi.
Murojaat davomida hududda mavjud muammolar yuzasidan fuqaroning taklif va mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.