Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qarori ijrosi — ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglanib, mavjud kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini kuchaytirish, aholiga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan qator takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish belgilab olindi.