Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yangiariq tumani Shixbog'i mahallasida deputat Otamurotova Gulbaxor tomonidan yoshlar masalalarini o‘rganish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
YANGIARIQ TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi raisi Baxtiyor Olimovich Abdullayev boshchiligida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi

Pop tuman Kengashi kichik majlislar zalida Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan ushbu doimiy komissiya yig‘ilishida 2026 yil sug‘orish mavsumi uchun suv olishning uzil kesil limitlarini tasdiqlanishi hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha Pop tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari A.Xidirovning xisobotini eshitish to‘g‘risidagi masalasi komissiya tomonidan muhokama qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishiga bir ovozdan deputatlar tasdiqlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida“gi KQ-102-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi huzurida “Yoshlar maslahat guruhi” ni tashkil qilish to‘g‘risida tuman kengshining VII-7-46-6-84-K/25-sonli qaroriga asosan, ushbu doimiy komissiya yigʻilishida “Yoshlar maslahat guruhi” aʻzolari hamda kotibiyat mutaxassislar ishtirok etishdi.

Slide 1 of 5