Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
YANGIARIQ TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi raisi Baxtiyor Olimovich Abdullayev boshchiligida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi
#Ish_reja_ijrosi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ISH REJASIning 24–27-mart kunlari ijrosi bo‘yicha MA’LUMOT

Mazkur davr mobaynida Kengash raisi, deputatlar hamda kotibiyat mutaxassislari tomonidan ish rejasiga muvofiq hududlarda deputatlik nazorati tartibida o‘rganishlar olib borildi, shuningdek doimiy komissiya majlislari o‘tkazilib, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tahlillar amalga oshirildi.

🔹 Hududlarda o‘rganish (deputatlik nazorati) doirasida:

👉 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar, bemorlar uchun xizmat darajasi hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati tahlil qilindi.

👉 Mahallalardagi sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirilib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar baholandi.

👉 Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilib, bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👉 Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishi masalalari o‘rganildi.

👉 Mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

👉 Hududdagi ichki yo‘llar holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan nuqtalarda xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.

👉 Sanitariya-tozalikni saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati nazoratga olindi.

👉 O‘zbekiston Respublikasining muhim qonunlari ijrosining tumandagi holati o‘rganildi.

🔹 Doimiy komissiyalar yo‘nalishida:

👉 Ishtixon tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va ularning omillarini bartaraf etish bo‘yicha 2026-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ishtixon tuman prokurori Uchqun Butunovning axboroti hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Rustamovning hisobotlari eshitildi.

 👉 Ishtixon tumanida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish masalasi muhokama qilindi. 

👉 Vegetatsiya davri uchun suvdan foydalanish limitlari muhokama qilindi.

 👉 “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar tasdiqlandi.

 👉 Tuman byudjetining erkin qoldiq mablag‘larini taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹 Tashkiliy ishlar doirasida:

👉 O‘rganishlar natijalari yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

👉 Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar shakllantirilib, tegishli tartibda umumlashtirildi.

🔹 Axborot-tahliliy yo‘nalishda:

👉 Olib borilgan o‘rganishlar va amalga oshirilgan ishlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar haftalik ish rejasiga muvofiq bajarilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1