Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🗓 2026-yil 24-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📂 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📍 Yangiariq tumani Shixbog'i mahallasida deputat Otamurotova Gulbaxor tomonidan yoshlar masalalarini o‘rganish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi”ga muvofiq, deputat R.Yu.Turdiyeva “Tolariq” MFYda yettilik a’zolari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi.

Suhbat davomida yettilik a’zolarining xar birining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha e’tibordan tushib qolayotgan, biroq dolzarb bo‘lgan yechimini kutib turgan masalalarga urg‘u berildi.

Jumladan: Tolariq MFY raisi Allayor Djumayev bilan ko‘p qavatli turar joy binolaridagi liftlarni ishlashi, holati, boshqaruv kompaniyalari (BSK) faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (poyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati, uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr quvvati, gaz bilan bog‘liq masalalar holati, mahalla binosining kadastr hujjatlari; 

Yoshlar yetakchisi Xojiakbar Sodiqov tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi. Mahalladagi aholi va bolalar uchun 125-umumta’lim maktabining sport zalidan, darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarining holati;

Hokim yordamchisi Qamariddin Xolbekovning aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganlarga bank kreditlari, subsidiya va ssuda olishda ko‘maklashish orqali ishlar samaradorligi, xususan oxirgi 2 oyda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlari;

Xotin-qizlar faoli Marg‘uba Xalilova tomonidan 2026-yil uchun “Ayollar daftari”ni 5 ta toifa bo‘yicha shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

Ijtimoiy xodim Dilafruz Ochilova tomonidan: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash Hozirda mahallada nechta fuqaro tizimga bog‘langani, ularga amalda necha turdagi yordam ko‘rsatilayotgani; 

Soliq inspektori Feruza Qalandarovaga yuklatilgan vazifalarni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida MFY hisob raqamidagi (mahalliy byudjetga yer va mulk solig‘i undiruvidan tushgan mablag‘ning 10% hisobidan) mablag‘ holati to‘g‘risida batafsil suhbat olib borildi. Suhbat jarayonlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umarbek Mamanazarov qatnashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 12