Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
YANGIARIQ TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi raisi Baxtiyor Olimovich Abdullayev boshchiligida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Qayirma mahallasidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hudud aholisi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, uning aholi turmush farovonligini oshirishdagi ahamiyatini tushuntirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati, ijtimoiy yordam olish tartibi, bandlik masalalari hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning ijobiy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali aholi bilan samarali muloqotni mustahkamlash va ularning ishonchini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Slide 1 of 3