Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish, davlat fuqarolik xizmatchilarini vatanga sadoqat, kasbiga hurmat, mehnat faoliyatiga munosabat va mas'uliyatni yanada oshirishga xizmat qilayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soat"i Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, shahar hokim o'rinbosarlari, apparat xodimlari, Respublika ishchi guruhi a'zolari hamda korxona, tashkilot vakillari doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2025 - yilning 12 - dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Tadbirda mahallalarda olib borilayotgan ishlar, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, ishchi-xizmatchilarining siyosiy ongi hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.