Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini Kengash raisi Z. Matnazarov olib bordi. Yig‘ilishda deputatlar, mas’ul tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga 5 ta muhim masala kiritilib, ular bo‘yicha keng muhokamalar olib borildi. Har bir masala yuzasidan qaror loyihalari tasdiqlandi.
Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, sohalardagi ustuvor vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qabul qilingan qarorlar aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va tuman boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgani ta’kidlandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bilan batafsil youtube ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.youtube.com/live/9H4HOvMax1U?si=THSvAvCnRMMkwXtl ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.