Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, jumladan, 4-To‘y-tepa saylov okrugidan saylangan deputat Churatayeva Aliya Saxadillayevna va 18-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Tursunbayev Alim Samadovich fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
Ushbu amaliy tashrif davomida deputatlar tibbiy xizmatlarning joriy holati bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda joyida bartaraf etish maqsadida zarur tahliliy ishlarni amalga oshirdilar.
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram /Instagram /Facebook