Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev va shahar deputati N.Niyozov hamda masʼul xodimlar ishtirokida shahardagi xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning faoliyati joyida o‘rganildi.
Jumladan, "BSK to'y tepa yuksak servis" MCHJning joriy ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuv davomida korxona rahbariyatiga aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar, shikoyatlar va xizmat sifati bo‘yicha bildirilgan takliflar to‘liq yetkazildi.
MCHJ rahbarlariga aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Bizni kuzatib boring.
Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon