Nurafshon shahridagi rais o‘rni vakant bo‘lib qolgan mahalla fuqarolar yig‘inida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari va fuqarolar yig‘ilib, raislikka da’vogar nomzodlar va ularning dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.
Jarayonda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev ishtirok etib, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylov natijalariga ko‘ra, K.Umarboyev tomonidan tavsiya etilgan va qo‘llab-quvvatlangan nomzod yig‘ilganlarning eng ko‘p ovozini to‘plab, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.
🌐 Bizni kuzatib boring.
Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon