Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 3-Muqumiy saylov okrugidan saylangan deputat, ayni paytda O‘ZBEKISTON FAXRIYLARINING IJTIMOIY FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH “NURONIY” JAMGʻARMASI Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i J.Axmetkulov boshchiligida shahar nuroniylari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, shuningdek, 11-Ma’rifat saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, deputat A.Hamidov o‘z hududiga borib, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri va to‘liq qo‘llanilishi holatini joyida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida imtiyozlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan to‘siqlar va qiyinchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilandi.
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon