Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Suyunov Sherzodbek Jamolovich tashabbusi bilan Denov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli qilish: islohotlar, amaldagi vaziyat va kurash mexanizmlari” mavzusida Denov tumanida ta’lim rahbarlari ishtirokida keng qamrovli yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Denov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining rahbar va mas’ullari, Denov tumani prokuraturasi hamda IIB vakillari, shuningdek, tumandagi 111 ta umumta’lim maktabi va 56 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim tizimida halollik tamoyillarini mustahkamlash, adolatli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va korrupsiyaga qarshi kurashning amaliy mexanizmlarini keng tadbiq etishga xizmat qilishi haqida so'z yuritildi.