Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
янв.21
YANGIARIQ TUMANI “QORIQTOM” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari va Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘shma doimiy komissiya yig'ilishii
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

 Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari uchun muhim bo‘lgan navbatdagi amaliy tar-ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Jalaquduq XBI rahbari, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi raisi E.Qurbonov va Jalaquduq tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari A.Sobirov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi rahbari B.Azimovlar hamkorligida o‘tkazildi. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik biznes vakillari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12 avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-247-son qaror
ijrosini ta’minlash, unda belgilangan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar va tartib-qoidalarni tadbirkorlarga amaliyotiy tarzda tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
YATTlar faoliyatini soddalashtirish, ular uchun yaratilgan yangi elektron xizmatlar, ro‘yxatdan o‘tish va hisobot topshirish jarayonlaridagi yengilliklar haqida batafsil
ma’lumot berildi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliq yukini qisqartirish, bandlikni
rasmiylashtirish va ularning huquqiy maqomiga oid yangiliklar tushuntirib o‘tildi. Yangi qaror asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moliyaviy resurslardan foydalanish, mikrokreditlar, subsidiya va kompensatsiya mexanizmlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritib berildi. Elektron soliq tizimidagi o‘zgarishlar, soliq intizomini ta’minlash, hisob-kitoblarni to‘g‘ri yuritish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirda tuman DSI rahbari va Jalaquduq XBI menejeri ishtirokchilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonunchilik doirasida asosli javoblar taqdim etdilar. Seminar ochiq muloqot ruhida o‘tdi, qatnashchilar o‘z taklif va mulohazalarini ham bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tadbir tadbirkorlar uchun amaliyotiy yordam berish, ularning qonunchilikdagi o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi va o‘z faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yishlari uchun muhim platforma bo‘ldi.  

Slide 1 of 8