Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
янв.21
YANGIARIQ TUMANI “QORIQTOM” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suxrob Saifnazarovning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

📌 Yangihayot tumanidagi 333-maktab binosida 43-saylov okrugi saylovchilari bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suxrob Saifnazarov ishtirokida navbatdagi axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, okrugdan saylangan deputatlar, mahalla raislari, faollar, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

🟢 Uchrashuv davomida deputat 2025-yilning uchinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar bilan olib borilgan muloqotlar, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berdi.

🏛 Jumladan, deputat kuz mavsumida Yangihayot tumanidan saylangan “Do‘stlik” 43-okrugi hududidagi “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Do‘stlik”, “Charog‘on”, “Zarbdor”, “Viqor”, “Toshkent”, “Chortoq”, “Fayzli”, “Binokor”, “Xo‘ja Uchqun”, “Jaloyir” va “Yangi Gulzor” mahallalarida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilganini ma’lum qildi.

📨 Hisobot davrida hududlarda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga 11 ta deputatlik so‘rovi yuborilgani qayd etildi. Ushbu so‘rovlar Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi, Yangihayot tumani hokimi, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yo‘llangan.

📇 So‘rovlarda ko‘p qavatli uylar tomlarining ta’miri, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni yig‘ish, kuzatuv kameralarining holati, ko‘cha yoritish tizimi, avtobus bekatlari, ayrim ko‘chalardagi yo‘llarning ta’mirtalabligi, yo‘l harakati xavfsizligi belgilarining yetishmasligi hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

📁 Bildirilishicha, yuborilgan deputatlik so‘rovlariga mutasaddi tashkilotlardan javob xatlari olingan va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglangan.

🏫 Shuningdek, okrug hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida joylarga chiqib tekshiruvlar o‘tkazilgan. Obyektlarda isitish tizimlari, elektr tarmoqlari va gaz quvurlarining sozligi ko‘zdan kechirilib, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan.

⚡️ Bundan tashqari, Yangihayot tuman elektr tarmoqlari hamda tuman gaz ta’minoti boshqarmalariga tashrif buyurilib, kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr va gaz ta’minotini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

🗣 Uchrashuv yakunida deputat Suxrob Saifnazarov kelgusida ham saylovchilar bilan ochiq va tizimli muloqotlar davom ettirilishini, fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratda bo‘lishini va joylardagi muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil ish olib borilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 7