Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
янв.21
YANGIARIQ TUMANI “QORIQTOM” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och - Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xashimova Karomat Pakirovna tomonidan “Qarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tartibi, hujjatlarning yuritilishi, yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatining shakllantirilishi va nazorat mexanizmlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini to‘liq himoya qilishdan iboratdir.

Slide 1 of 3