Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
янв.21
YANGIARIQ TUMANI “QORIQTOM” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
PREZIDENT FARMONI DOIRASIDA NAZORAT-TAHLIL ISHLARI OʻTKAZILDI.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmon qabul qilingan. Ushbu Farmonga koʻra, Prezidentimizning 2023-yil 1-iyun kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-176-sonli qarori asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etilgan.

Oʻrganish jarayonida, mazkur Farmon va qarorga muvofiq aholining manzilli ijtimoiy himoya qilishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan. Xususan:

- kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;

- kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash;

- yolgʻiz keksalar va boquvchisini yoʻqotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash;

- kambagʻal oilalarning ishsiz oila aʼzolari, nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash;

- ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi oilalarni aniqlash va reabilitatsiya qilish;

- ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash;

- ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

- aholining ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;

- xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ularning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;

- nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratishdan iboratligi belgilangan.

Markazda faoliyatida ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy toʻlovlar va nafaqalar uchun ijtimoiy himoya yagona reestri tizimida, sanatoriyadagi navbatlarni elektron nazorati “ihma sanatoriya” tizimida, kambagʻallik reestriga kiritilganlar uchun “cam.ihma.uz” tizimi, yakka yolgʻiz fuqarolar bilan ishlashda “teld.ihma.uz” tizimi, order olgan tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli va holati baholash uchun “vio ihma” tizimi, yuridik maslahat va daʼvo arizalari uchun “adolat.sud.uz” tizimida, alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning taʼlimga jalb qilinishi boʻyicha “ihma yos” tizimi orqali hamda ijtimoiy himoyaning asosiy “ins.ihma.uz” kabi yagona kabi elektron platformalari qoʻllanilib, hujjat aylanishi va murojaatlar roʻyxati elektron tizim orqali yuritilgan. Hozirda koʻrsatib kelinayotgan ushbu ijtimoiy xizmatlarning 80 foizdan ortiq raqamlashtirilgan boʻlib, bu esa “shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlik” tamoyili ostida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlarda tezkorlik taʼminlamoqda.

Oʻrganishlarda yakka yolgʻiz fuqarolarga Markaz xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar ham nazorat qilindi.

Deputatlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohadagi ish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bildirdilar. 

Slide 1 of 5