Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👩‍💼 “OLIMPIYA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLOLIK VA HISOBDORLIKNING MUHIM VOSITASI
янв.21
🚦 XORAZM VILOYATIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏥 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TIBBIY KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🚔 XORAZM VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMADA
янв.21
⚖️ XORAZM VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
“Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chatlarni sug‘orish tizimini tashkil qilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari F.Axmedov va Y.Narbekov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman markazi – G‘azalkent shahrining Bo‘stonliq ko‘chasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarni parvarishlash va ularni samarali sug‘orish tizimini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida hududlarda ekilgan daraxt va ko‘chatlarni muntazam sug‘orish, ularning yaxshi rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi. Jumladan, daraxtlar tagida maxsus chuqurlar qazilib, ularga plastik quvurlar joylashtirilgani, shuningdek, ko‘chatlarni sug‘orish uchun yomg‘irlatib suv sepish moslamalari o‘rnatilgani qayd etildi. Mazkur tizim ko‘chatlarni sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish, suvni daraxtlar o‘sadigan hududga yetkazish va yashil maydonlarni parvarishlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🟢Ta’kidlash joizki, ko‘chatlarni ekish bilan bir qatorda ularni muntazam sug‘orish va parvarishlash, ayniqsa, issiq va quruq ob-havo sharoitida nihollarning qurib qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois sug‘orish tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash va ekilgan daraxtlarning saqlanib qolishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

🟢Doimiy komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni asrab-avaylash, sug‘orish tizimidan samarali foydalanish hamda hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2