Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👩‍💼 “OLIMPIYA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLOLIK VA HISOBDORLIKNING MUHIM VOSITASI
янв.21
🚦 XORAZM VILOYATIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏥 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TIBBIY KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🚔 XORAZM VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMADA
янв.21
⚖️ XORAZM VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Namangan Coal” MChJ filialida bo‘lib, kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari hamda budjet tashkilotlarini ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov ham ishtirok etdi.

Taqdimot davomida korxonaning faoliyati, ko‘mir zaxiralari, uni saqlash, tashish va iste’molchilarga yetkazib berish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashkilotlarga belgilangan reja doirasida ko‘mir yetkazib berish ishlari amalga oshirilib, tegishli yo‘nalishlarda 100 foizlik natijaga erishilgan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Mycoal.uz elektron platformasi orqali ko‘mirga buyurtma berish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolar platformada ro‘yxatdan o‘tib, kerakli ko‘mir turini tanlashi, buyurtma uchun ariza yuborishi va uning holatini kuzatib borishi mumkin.

O‘rganish davomida aholini kuz-qish mavsumida ko‘mir bilan o‘z vaqtida va belgilangan tartibda ta’minlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi.

Mas’ullarga ko‘mir ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, buyurtmalar ijrosini nazorat qilish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda murojaatlarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6