DEPUTATLIK NAZORATI: OQOVA SUV TIZIMINI QURISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Anvar Jumaniyozov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosi doirasida Qo‘shko‘pir tumani markazida oqova suv tizimini qurish ishlari o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida “Sayot qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan vazifalar va talablar asosida bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur loyiha tumanda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.