⚡️O‘zbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonuni (№ O‘RQ-393, 26.08.2015 y.) ijrosini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va hududda sanitariya holatini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔍Shu munosabat bilan, Shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan komissiyaga biriktirilgan Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati chuqur o‘rganildi.
📋O‘rganish jarayoni maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etilib, unda qonun talablarining amaldagi ijrosi, aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda mavjud muammo va kamchiliklar batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
🔹Shaharda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🛡Aholi o‘rtasida yuqumli va yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi hamda emlash ishlarining borishi;
🏫Jamoat va ta’lim maskanlarida sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi;
💧Oziq-ovqat xavfsizligi va ichimlik suvi sifatini nazorat qilish ko‘rsatkichlari.
📊Monitoring natijalari va to‘plangan ma’lumotlar shahar Kengashining Doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinishi belgilandi. Muhokama yakunlari bo‘yicha sohadagi faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilinadi.
Aholi salomatligi va jamoat salomatligi – doimiy e’tiborimizda!