Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
#qonun ijrosi #ta'lim sifati #nazorat tadbiri

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi №O'RQ-637-son "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni talablariga rioya etilishi, oliy ta'limda sifat hamda samaradorlikni ta'minlash masalalari muntazam e'tibor markazida bo'lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi a'zolari hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan shahardagi "Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti" faoliyati maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida atroflicha o'rganildi.

O'rganish jarayonida asosiy e'tibor Qonunning tegishli moddalari ijrosiga va quyidagi muhim yo'nalishlarga qaratildi:
🔹O'quv jarayonlarining tashkil etilishi va ta'lim sifati: Qonunning 9, 10 va 11-moddalari talablaridan kelib chiqib, universitetda ta'lim shakllari, o'quv dasturlarining davlat ta'lim standartlariga mosligi va talabalarga bilim berishda zamonaviy va pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi ko'zdan kechirildi.
🔹Moddiy-tehnika bazasi va infratuzilma: Qonunning 22 va 49-moddalariga asosan, ta'lim muassasasining zamonaviy o'quv laboratoriyalari, axborot-resurs markazi (kutubxona), kompyuter sinflari hamda o'quv xonalarining moddiy-technik jihozlanishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar baholandi.
🔹Kadrlar salohiyati va mehnati hamda professor-o'qituvchilar faoliyati: Qonunning 26 va 27-moddalariga muvofiq, professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyati, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilganligi hamda mehnat faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.
🔹Yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya: Partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, talaba-yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarning sifatli ta'lim olishi, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlaridagi ishtiroki nazoratdan o'tkazildi.

O'rganish yakunlari bo'yicha mas'ullarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta'lim sifatini yanada oshirish va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi va deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga belgilab qo'yildi.

Ta'lim sohasidagi bu kabi nazorat-tahlil tadbirlari shahrimizda sifatli va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7