Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "15-Izza" okrugi deputati Narziyev Akbar Marupovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Foziltepa mahallasida joylashgan 97-, 100-, 101-, 102-A va 102-B-sonli ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati, uy-joy fondini saqlash, aholiga kommunal va boshqaruv xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so'ralmoqda, jumladan:

✍️ BSK va fuqarolar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik holati qanday?
Mazkur ko‘p qavatli uylar kesimida aholining BSK oldidagi qarzdorligi, BSKning xizmat ko‘rsatuvchilar va boshqa tashkilotlar oldidagi kreditorlik qarzlari hamda qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berish;

✍️ tuman Kengashi va hokimligi tomonidan BSK faoliyatiga oid belgilangan vazifalar qay darajada bajarilgan? Ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosi, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish;

✍️ ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish hududlari va BSK mas’uliyatidagi infratuzilmaning holati qanday? Jumladan, binolarning fasad qismlari, ichki yo‘laklar, kirish eshiklari, zinapoyalar, tom qismi, yerto‘lalar, muhandislik tarmoqlari va boshqa umumiy foydalanish joylarining saqlanishi hamda ta’mirlanishi bo‘yicha bajarilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish muddatlari haqida asoslantirilgan va aniq yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3