Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
YOSHLAR BANDLIGINI RAG‘BATLANTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILADI

YOSHLAR BANDLIGINI RAG‘BATLANTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILADI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan qaror qabul qilindi.

📑 Mazkur qaror bilan ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi ijrosi, yoshlarning rasmiy bandligini rag‘batlantirish choralari hamda ish beruvchilarning ushbu imkoniyatlardan foydalanish holatini o‘rganish belgilandi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
▪️ Yosh xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirish holati;
▪️ Ijtimoiy soliq kompensatsiyasini olish uchun berilgan arizalar va ularning ko‘rib chiqilishi;
▪️ Arizalarning rad etilishi yoki qanoatlantirilmasligi sabablari;
▪️ Mazkur mexanizmdan foydalanish ko‘lami va uning yoshlar bandligiga ta’siri;
▪️ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar.
👍 O‘rganish ishlarini tashkil etish uchun ishchi guruh shakllantiriladi. Tuman soliq inspeksiyasi, bandlik yo‘nalishidagi mas’ul tashkilotlar hamda tegishli idoralar ishchi guruhga zarur ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishda ko‘maklashadi.
📊 O‘rganish natijalari doimiy komissiyada tahlil qilinib, masalani Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanadi.