Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
YOSHLAR BANDLIGINI RAG‘BATLANTIRISH VA ISH BERUVCHILAR UCHUN IMTIYOZLAR — O‘RGANISH JARAYONIDA

YOSHLAR BANDLIGINI RAG‘BATLANTIRISH VA ISH BERUVCHILAR UCHUN IMTIYOZLAR — O‘RGANISH JARAYONIDA

👥 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish hamda ish beruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar samaradorligini o‘rganishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

🌐 O‘rganish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan, 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini davlat budjetidan qoplab berish tartibi tahlil qilinmoqda.

🌐 Deputatlar quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi:
✅ Yoshlarni ish bilan ta’minlash va doimiy bandligini oshirish holati;
✅ Ish beruvchilar uchun amalda mavjud imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
✅ Soliq hisobotlari va ijtimoiy soliq to‘lovlarining qonunchilikka muvofiqligi;
✅ Tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari;
✅ Mas’ul tashkilotlar hamkorligi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi.

✅ Shuningdek, 460-son qarorda belgilangan vaqtinchalik tartibning amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvargacha etib belgilanganligi inobatga olinib, bugungi kunda amalda bo‘lgan huquqiy asoslar va imtiyoz mexanizmlari ham aniqlashtiriladi.

✅ Asosiy maqsad — yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ish beruvchilar uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlash va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish.