Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
AXBOROT ALMASHINUVI VA OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK VA SHAFFOFLIK ASOSI!

Ochiqlik, oshkoralik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan muloqotni rivojlantirish hamda jamoatchilikning davlat boshqaruviga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna Parkent tumani hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi, matbuot kotibi Shog‘ulomov Botir Qobiljon o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
❇️ Uchrashuv davomida vakillik organi — tuman Kengashi hamda ijro organi — tuman hokimligi o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvini samarali tashkil etish, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, faoliyat jarayonlari va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka tezkor, xolis va ishonchli tarzda yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
❇️ Alohida e’tibor Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratildi. Xususan, Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, o‘tkazilayotgan sessiyalar, doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik nazorati tadbirlari, deputatlik so‘rovlari hamda saylov okruglarida aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan ishlarni muntazam yoritib borish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Shuningdek, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot platformalarida keng, tizimli hamda mazmunli yoritish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bunda amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlarning tashabbuslari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari va ularning natijalarini aholiga sodda, tushunarli hamda tezkor shaklda yetkazish, zamonaviy axborot imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
❇️ Ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolarni qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan islohotlardan o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, jamoatchilik fikrini o‘rganish va aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish dolzarb vazifalardan biridir. Bu borada vakillik va ijro organlari o‘rtasidagi hamkorlikning izchil yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi.
❇️ Uchrashuv yakunida axborot almashinuvini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, Kengash faoliyatiga oid ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish bo‘yicha birgalikda va tizimli ish olib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4