Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

#deputat_nazorati
#24talik_tavsiyaga_kora

TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squ­lova 14-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayoni hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining holati va ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, sinf xonalarida qulay haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda hududning obodonlashtirilishi ko‘zdan kechirildi.

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim sifatini oshirish va qish mavsumini barqaror o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5