Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIBOZOR TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov Sarmich mahallasi Iskandar qishlog‘ida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida qurilayotgan piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagi qurilishining borishi, ishlarning belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Piyodalar yo‘lagining sifatli barpo etilishi, qurilish jarayonida belgilangan me’yorlarga rioya qilinishi va amalga oshirilayotgan ishlarning puxta bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Bunday infratuzilma, ayniqsa, bolalar, keksalar va kundalik qatnovda piyoda harakatlanuvchi fuqarolar uchun qulaylik yaratadi.

Maqsad — Iskandar qishlog‘ida zamonaviy va xavfsiz piyodalar infratuzilmasini shakllantirish, aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi qurilish ishlarining sifatli bajarilishiga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2