Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida #Kotibiyat_hududlarda

QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov saylovchilari bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni muhokama qildi.

📇 Uchrashuvda mahallalarda amalga oshirilgan ishlar, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, boshqa kommunal xizmatlar, aholini ijtimoiy himoya qilish, bepul dori-darmon bilan ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, mahalladagi yettilik faoliyati va uning tomonidan aholi muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham axborot tinglandi.

⚠️ Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri — Quvnoq ko‘chasida asfalt qoplamasining hanuzgacha yotqizilmagani bo‘ldi. Tuman Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, mazkur ko‘chada asfaltlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, ishlarning bajarilmagani aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Uchrashuvda ishtirok etgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi vakili G‘ulom Ashurov ushbu muammoni bir hafta muddatda bartaraf etish bo‘yicha va’da berdi. Mazkur masalaning belgilangan muddatda hal etilishi deputatlik nazoratiga olindi.

📈 Bundan tashqari, fuqarolar pensiya ta’minoti va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatga murojaat qildilar. Barcha taklif, murojaat va e’tirozlar tinglanib, tegishli tartibda majlis bayonnomasiga kiritildi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

💼 Uchrashuvda Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tuman Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

📈 Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar mavjud muammolarni joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlar e’tiborini dolzarb masalalarga qaratish va ularning ijrosini nazorat qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4