Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida #bandlik_masalasi

FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Saodat Malikova bugun o‘z saylov okrugi hududidagi Nayman mahallasida fuqarolar qabuli va uchrashuv o‘tkazib, aholini qiynayotgan muammolar, bandlik masalalari hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar holatini o‘rgandi.

🗂 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori doirasida hududlarda aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📁 Fuqarolar qabuli davomida Nayman mahallasi, 22-2-32-manzilda istiqomat qiluvchi B. S. oilasining muammosi o‘rganildi. Uning farzandi og‘ir xastalik bilan kasallangani, oila hozirgi vaqtda moddiy yordamga muhtoj ekani ma’lum bo‘ldi. Fuqaroga mavjud imkoniyatlar doirasida tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi tushuntirilib, masala yuzasidan huquqiy maslahat berildi.

🔴 Shuningdek, farzandi Rossiyaga ketib, bedarak yo‘qolgan oila holati ham e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur masala yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganilib, vaziyatni to‘liq aniqlashtirish uchun mas’ul idoralar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilishi belgilandi. Deputat ushbu masalaning yechimi va ijrosini o‘z nazoratiga olishini bildirdi.

📇 Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotda har bir murojaatni manzilli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ish izlayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📈 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini shunchaki tinglash bilan cheklanmay, ularning amaliy yechimiga erishish, oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 6