Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat maktabdagi ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

Deputat maktabdagi ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Kenjayeva Paxtachi tumanidagi “Keshtali” mahallasi hududida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim jarayoni hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

🌀 O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sinf xonalarining holati hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga oid masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

♾ Deputat maktab ma’muriyati va pedagoglar bilan muloqot qilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

▶️ Shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan ayrim masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

➡️ Ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, yaratilgan sharoitlarni nazorat qilish va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

‼️ Zero, sifatli ta’lim va yosh avlod uchun yaratilgan munosib sharoitlar nafaqat bir hududning, balki jamiyat va mamlakat taraqqiyotining muhim poydevoridir.

Slide 1 of 3