Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Masharipov tomonidan o‘zi saylangan hudud — Pahlavon Mahmud mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim, bandlik, kasb-hunar egallash va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlari tinglandi. Ularning kelgusidagi rejalari va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga e’tibor qaratildi.

Yoshlar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Slide 1 of 4