Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 4-Mehnat saylov okrugidan saylangan deputat Mastura Ma’murjonova tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Muloqot davomida deputat o o‘z saylov okrugidagi fuqarolardan tushgan murojaatlarni atroflicha va xolisona o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi. Aholi tomonidan yo‘llangan har bir masala joyida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolari va takliflari tinglandi.