Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibidagi tug‘ruqxona faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida muassasada tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tug‘ruqxonada yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar va tibbiy xizmat ko‘rsatish hududlarining sanitariya holati, tozalik va ozodalikka rioya etilishi, shuningdek, onalar va chaqaloqlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida korrupsiyaning oldini olish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolardan noqonuniy to‘lovlarni talab qilish kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari ham muhokama qilindi. Tibbiyot xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bemorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholining tibbiyot tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida tug‘ruqxonada sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, onalar va chaqaloqlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4