🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich o‘z saylov okrugidagi Katqal’a mahallasining Beglar ko‘chasi, 11-uyda yashovchi fuqaro B.K.ning oilaviy holatini o‘rgandi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
💼 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi ko‘magida fuqaro B.K. 5-sonli umumta’lim maktabiga ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi.
✅ Fuqarolar bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan bunday ishlar aholi turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.