Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Faravon” ko‘chasidagi elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi,

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning “Faravon” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolar tinglandi.

Muloqotlar jarayonida elektr kuchlanishining pastligi sababli aholi xonadonlari hamda hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 5