#deputat_va_yoshlar
#yoshlar_bandligi
ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH — AMALIY KO‘MAK VA ANIQ VAZIFALAR
Yig‘ilishda tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov ham ishtirok etib, mahallalarda ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash va ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasida qatnashdi.
Muhokamalar davomida ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish tadbirkorlikka yo‘naltirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, har bir ishsiz fuqaroning holatini o‘rganish uning imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilash vazifalari qayd etildi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi mahallalarda ishsizlikni kamaytirish fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.