Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri U. Kuryazov, viloyat Kengashi bosh mutaxassisi U. Egamov hamda viloyat moliya boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xorazm viloyati Chapqirg‘oq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilotlarga borilib, budjet mablag‘laridan foydalanish holati joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.