Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Ekspert-maslahat guruhi a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida ekspert-maslahat guruhi a’zolari ham faol ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida ekspert-maslahat guruhi a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar, fikr va takliflar bildirildi. Xususan, shahar hududida xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldindan aniqlash, ularning oldini olish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida Qo‘qon shahridagi “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish davomida markazning shahar hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda va boshqa muhim vaziyatlarni 24/7 rejimida monitoring qilish, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan tegishli tashkilotlarga yetkazish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Markaz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, kelib tushayotgan ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va vaziyatni doimiy nazoratda ushlab turish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Shuningdek, markazning favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, elektr va gaz ta’minoti, ichimlik suvi, obodonlashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi hamda boshqa sohalarda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etishdagi o‘rni muhokama qilindi.

️O‘rganish jarayonida ekspert-maslahat guruhi a’zolari tomonidan markaz faoliyati yuzasidan qo‘shimcha savollar berilib, monitoring samaradorligini oshirish, muammolarga tezkor munosabat bildirish, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4