Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kamalak ko‘chasi 17-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro D.Muydinova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro oilasi bolalar nafaqasi oladi. Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlari bilan ta’minlangan.

Oilaning daromadini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov tomonidan xonadonga 2 dona tikuv mashinasi berilgan. Mazkur ko‘mak orqali oilaning tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4