Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
O‘rganish

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tumanda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📘O‘rganish jarayonida tuman 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli Ubay Musayev nomli stadionda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanayotgani hamda loyihada belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

📗Ma’lumki, “Tashabbusli byudjet” tizimi aholining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning byudjet mablag‘larini taqsimlash jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va joylardagi dolzarb muammolarni aholi takliflari asosida hal etishga qaratilgan.

📕O‘rganish davomida stadion hududida amalga oshirilayotgan ishlar sifati, qurilish-montaj jarayonlarining belgilangan talablarga muvofiqligi, sport inshootining kelgusida aholi, ayniqsa, yoshlar uchun qulay va zamonaviy sport maskani sifatida foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📙Ekspert guruhi a’zolari tomonidan ob’yektdagi ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish holati hamda bajarilayotgan ishlar muddatiga alohida e’tibor qaratildi.

📘Shuningdek, stadionni kelgusida samarali foydalanish, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, sport inshootining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📔O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda ob’yektdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9