Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy himoya tizimi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugi hududida amalga oshirildi. Mazkur saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholining murojaat va ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek, qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputat Z.G‘ofurova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi ham tahlil qilindi. Mahallada 14–30 yoshdagi yoshlar soni 1 245 nafarni tashkil etadi. Yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish borasida yoshlar yetakchisi A.Akbarovning faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yo‘rmado‘z mahallasining ijtimoiy reyestrida jami 62 ta oila mavjud. Shundan 10 tasi davlat ta’minotidagi, 43 tasi kambag‘allik reyestridagi hamda 9 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalardir.

Mazkur oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish va oilalarni og‘ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarishga qaratilgan ishlar yuzasidan ijtimoiy xodim O.Sotvoldixonovning faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar va ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlashda manzillilik, individual yondashuv hamda amaliy natijadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va ehtiyojlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning murojaatlarini nazoratsiz qoldirmaslik bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputatlik o‘rganishlarining bunday shaklda tashkil etilishi mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholining ijtimoiy muammolarini joyida aniqlab, ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4